Olmon-O‘zbek Ilmiy Jamiyatining (OO‘IJ) ta’sis etilishi jarayonida tashabbus guruhi a’zolarining ayrimlari tomonidan bir qator kitob loyihalari rejalashtirilgan edi va ular keyingi yillar davomida bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Bu jarayonda, bir tomondan, ilmiy tadqiqot loyihalari, didaktik o‘quv materiallari va tarjimalar tayyorlandi. Shu bilan birga, OO‘IJ tomonidan tashkil etilgan va o‘tkazilgan ilmiy konferensiyalarning materiallari ham nashr etildi.
Quyida ana shu nashrlarning ayrimlari eslab o‘tiladi.
-
G. Keller, X. Raximov. Samargand ertaklari (Märchen aus Samarkand). Markaziy Osiyodagi Ipak yoʻli tadqiqotlari. Oʻzbek tilidan Xurram Raximov tarjimasi. 2-nashr. – 2002. – 222 b.
-
G. Keller, X. Raximov. Samargand ertaklari (Märchen aus Samarkand). Markaziy Osiyodagi Ipak yoʻli tadqiqotlari. 3-toʻldirilgan va kengaytirilgan nashr. – 2004. – 288 b.
-
G. Keller, X. Raximov. Oʻzbekistonda ayollar madaniyati (Frauenkultur in Usbekistan). Ovrupolik ayol – Markaziy Osiyodagi qadimiy an’analar izidan. Frayburg: 2002. – 288 b.
-
G. Keller, X. Raximov. Ertakshunoslikka kirish. Toshkent: Fan, 2004. – 136 b.
-
Toshkent va Samarqandda oʻtkazilgan gepatologlar konferensiyasi materiallari. R.O. Falk Foundation hamkorligi va koʻmagida. Toshkent: 2004.
-
X. Raximov. Deutsch – nemismi, olmonmi? Olmon tilini chet tili sifatida oʻrganuvchilar uchun oʻquv qoʻllanma. Toshkent: TDPU nashri, 2005. – 182 b.
-
Tarjima va chet tili oʻqitishning dolzarb masalalari. Ilmiy konferensiya materiallari. Toshkent: 2005. – 132 b. Xurram Raximov tahriri ostida nashr etilgan.
-
Gabriele Keller – 70 yoshda. Biobibliografiya. Frayburg: 2007. – 112 b. Xurram Raximov tahriri ostida nashr etilgan.
-
A. Mamatov, X. Raximov. Roman va german filologiyasiga kirish. Chimkent: 2007. – 134 b.
















