Olmon-O‘zbek Ilmiy Jamiyati rasmiy veb-sahifasiga xush kelibsiz!
Ushbu ilmiy jamiyat 2002-yil 6-dekabr kuni Germaniyaning Albert-Ludwigs nomidagi universiteti qoshida dastlabki 32 nafar muassis a’zo tomonidan tashkil etilgan va rasmiy ravishda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Jamiyatning asosiy maqsadi — mamlakatlarimiz fan va madaniyat sohasi vakillari o‘rtasidagi mavjud aloqalarni yanada mustahkamlash, ilmiy va madaniy almashinuv asosida milliy madaniyatlarimizning mazmun va mundarijasini o‘zaro boyitish orqali bir-birimizga yanada yaqinlashishdan iborat.
Shuningdek, jamiyat quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi:
– O‘zbekistonda Germaniya fan, madaniyat va iqtisodiyoti yutuqlarini keng joriy etish;
– Germaniyada esa mustaqil O‘zbekiston Respublikasining erishgan yutuqlarini ilmiy, madaniy va badiiy muloqotlar orqali namoyish etish;
– O‘zbekistonda nemis tili va adabiyotini targ‘ib qilish va qo‘llab-quvvatlash;
– Germaniyada o‘zbek tili, adabiyoti va madaniyatini o‘rganish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.
Ushbu maqsadlar orqali ikki xalq vakillarining bir-birlarini chuqurroq tushunishi, o‘zaro tan olishi va bag‘rikenglik asosida mustahkam do‘stlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishi uchun zamin yaratiladi.
Natijada, O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi va jahon hamjamiyatidagi o‘z pozitsiyalarini yanada mustahkamlashi mumkin bo‘ladi.
Aloqa
Olmon-O'zbek Ilmiy Jamiyati hamisha sizlarning har qanday savol va takliflaringizni eshitishga va qabul qilishga tayyor. Murojaat uchun ->
